Mijoz kartaga o'tkazma qiladi, to'lov 1-2 daqiqada o'zi tasdiqlanadi va botingizga imzolangan webhook keladi: qaysi mijoz, qancha, qachon va nima uchun to'ladi.
Qo'lda «chek tashlang» va tekshirish shart emas — har bir to'lov noyob summa bilan o'zi aniqlanadi.
Har to'lovga noyob summa beriladi. Pul kartaga tushishi bilan to'lov o'zi tasdiqlanadi — odatda 1 daqiqa ichida.
Har bir to'lov: qaysi kassa va bot, mijoz kim, summa, vaqt, sabab. Qidiruv, filtr va CSV yuklab olish.
To'lov tasdiqlanganda serveringizga imzolangan webhook, Telegram'da esa xabar keladi. Yetib bormasa — qayta yuboriladi.
So'rovlar faqat sizning server IP'laringizdan. Kalit faqat xesh ko'rinishida saqlanadi, webhook HMAC-SHA256 bilan imzolanadi.
Mijozlaringiz to'lagan pul balansingizga to'liq tushadi. Pul yechishda karta raqamini yozasiz — ko'pi bilan 24 soat ichida o'tkaziladi va chek beriladi.
REST + JSON. Bitta so'rov bilan to'lov ochiladi. Node.js, PHP va Python misollari tayyor.
Ariza yuborishdan birinchi to'lovgacha.
Kabinetda bot yoki sayt, server IP'lari va webhook manzilini yozasiz.
Administrator tekshiradi. Tasdiqlangach botda xabar keladi.
Kabinetda «minat_» bilan boshlanadigan API kalitini olasiz.
Botingiz to'lov ochadi, mijoz to'laydi, siz webhook olasiz.
to'lovlar balansga to'liq, komissiyasiz tushadi
Telegram orqali kiring — parol kerak emas.
Kabinetga kirish