Foydalanish shartlari

Kassa ochish va Minato Pay API'dan foydalanish orqali quyidagilarga rozilik bildirasiz.

1. Xizmat

Minato Pay — botlar, ilovalar va saytlar uchun Humo kartalariga o'tkazma orqali to'lov qabul qilish va uni avtomatik tasdiqlash xizmati. Mijoz to'lagan pul xizmat ko'rsatuvchining kartasiga tushadi va kassa balansida to'liq hisoblanadi.

2. Komissiya

To'lovlar balansga komissiyasiz tushadi. Komissiya — 4.2% — faqat pul yechishda, yechilayotgan summadan ushlanadi. Komissiya o'zgarsa, kassa egalariga oldindan xabar beriladi.

3. Pul yechish

4. Taqiqlangan faoliyat

Quyidagilar uchun kassa ishlatilmaydi; aniqlansa kassa darhol to'xtatiladi:

5. Kassa egasining mas'uliyati

6. Noto'g'ri summa va kechikkan to'lovlar

To'lov faqat ko'rsatilgan aniq summa bilan avtomatik tasdiqlanadi. Boshqa summa yoki muddatidan 30 daqiqadan keyin kelgan o'tkazma avtomatik tasdiqlanmaydi va qo'lda ko'rib chiqiladi.

7. To'xtatish va tekshiruv

Firibgarlik shubhasi, mijoz yoki bank shikoyati, taqiqlangan faoliyat belgilari bo'lsa kassa to'xtatilishi va balans tekshiruv tugaguncha ushlab turilishi mumkin.

8. Ma'lumotlar

Kassa ma'lumotlari, to'lovlar tarixi va kassa yuborgan mijoz ma'lumotlari (ID, ism, username) xizmatni ko'rsatish uchun saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi — qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

9. Aloqa

Savol va shikoyatlar: https://t.me/dv1mm_garant