Minato Pay API

Versiya 1.1 · barcha so'rov va javoblar JSON (UTF-8) · summalar so'mda, butun son.

Umumiy

Asosiy manzil:

https://pay.minatoh.uz/api/v1

Botingiz to'lov ochadi → javobda mijoz o'tkazishi kerak bo'lgan aniq summa (pay_amount) va karta keladi → mijoz o'tkazma qiladi → pul kartaga tushishi bilan to'lov avtomatik tasdiqlanadi → serveringizga invoice.paid webhooki keladi.

Ulash tartibi

  1. Kabinetga Telegram orqali kiring va kassa uchun ariza yuboring (bot, server IP, webhook manzili).
  2. Ariza tasdiqlangach kabinetda API kalitini oling — u bir marta ko'rsatiladi. «Sozlamalar» bo'limida webhook kaliti turadi.
  3. Ikkalasini serveringizda maxfiy saqlang (masalan .env): MINATO_KEY, MINATO_WHSEC.
  4. To'lov ochishni va webhookni ulang, kabinetdagi «Sinov xabari yuborish» bilan tekshiring.
  5. Kichik summa bilan haqiqiy sinov to'lovi qiling.

Kalit va IP

Har bir so'rovda kalit sarlavhada yuboriladi:

Authorization: Bearer minat_xxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx

So'rovlar faqat kassada ko'rsatilgan server IP manzillaridan qabul qilinadi. Boshqa IP'dan kelsa — 403 ip_not_allowed (javobda so'rov kelgan IP bor) va sizga Telegram'da ogohlantirish boradi. Kalitni hech qachon brauzer, mobil ilova yoki bot kodiga ochiq yozmang — faqat serverda.

To'lov ochish

POST/api/v1/invoices
MaydonTuriTavsif
amount *integerSo'mda, 1 000 dan 10 000 000 gacha. Mijoz biroz ko'proq — noyob summa (pay_amount) o'tkazadi.
customer_id *string ≤64Mijozingiz ID'si, masalan Telegram user id. Tarix va webhookda qaytadi.
customer_namestring ≤64Mijoz ismi.
customer_usernamestring ≤33Telegram username (@ belgisisiz ham bo'ladi).
reasonstring ≤120To'lov sababi: «Balans to'ldirish», «UC 660 xaridi». Tarixda va xabarlarda ko'rinadi.
typestringtopup (to'ldirish, standart), order (buyurtma), other.
order_idstring ≤64Sizning buyurtma raqamingiz (harf, raqam, _ - . :). Shu raqam bilan ochiq yoki to'langan to'lov bo'lsa — yangisi ochilmaydi, o'sha qaytadi (existing: true).
ttlintegerMuddat, daqiqa: 5–30 (standart 15).
return_urlurlTo'lov sahifasida to'lovdan keyin «Qaytish» tugmasi, masalan https://t.me/sizning_bot.
callback_urlurlFaqat shu to'lov uchun boshqa webhook manzili (kassa webhooki bilan bir domenda).
curl -X POST https://pay.minatoh.uz/api/v1/invoices \
  -H "Authorization: Bearer $MINATO_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{
    "amount": 50000,
    "customer_id": "123456789",
    "customer_name": "Ali",
    "customer_username": "ali_uz",
    "reason": "UC 660 xaridi",
    "type": "order",
    "order_id": "ord-1001"
  }'

Javob (201):

{
  "ok": true,
  "invoice": {
    "id": "inv_8fK2mQ9xLp3vT7wZr1Ya",
    "number": 1042,
    "status": "pending",
    "amount": 50000,
    "pay_amount": 50100,
    "currency": "UZS",
    "card": { "number": "9860 0000 0000 4821", "holder": "ALI VALIYEV", "bank": "Humo" },
    "customer": { "id": "123456789", "name": "Ali", "username": "ali_uz" },
    "reason": "UC 660 xaridi",
    "type": "order",
    "order_id": "ord-1001",
    "pay_url": "https://pay.minatoh.uz/p/inv_8fK2mQ9xLp3vT7wZr1Ya",
    "created_at": "2026-11-28T09:30:00.000Z",
    "expires_at": "2026-11-28T09:45:00.000Z",
    "paid_at": null,
    "bank_time": null,
    "paid_amount": null,
    "late": false,
    "kassa_id": "K7F3Q2"
  }
}

Mijozga ko'rsatish

Mijozga aynan pay_amount summani va kartani ko'rsating yoki pay_url havolasini bering (u yerda nusxalash tugmalari, vaqt hisobi va holat bor). Bot xabari uchun namuna:

💳 To'lov № {number}
Kartaga AYNAN {pay_amount} so'm o'tkazing:
{card.number} · {card.holder}
⏳ {expires_at} gacha
To'lov sahifasi: {pay_url}
Mijoz amount emas, pay_amount ni o'tkazishi shart — oxiridagi farq to'lovni aniqlaydi. Boshqa summa avtomatik tasdiqlanmaydi.

Holatini olish

GET/api/v1/invoices/{id}
statusMa'nosi
pendingTo'lov kutilmoqda.
paidPul keldi va tasdiqlandi: paid_amount to'liq (komissiyasiz) kassa balansingizga yoziladi.
expiredMuddati o'tdi. 30 daqiqa ichida kechikib kelgan pul baribir qabul qilinadi (paid, late: true).
canceledSiz bekor qildingiz.

Webhook asosiy yo'l; bu so'rov — zaxira tekshiruvi (masalan mijoz «To'ladim» ni bossa).

Bekor qilish

POST/api/v1/invoices/{id}/cancel

Faqat pending to'lov bekor bo'ladi. To'langan bo'lsa — 409 already_paid. Bekor qilingan to'lovga 30 daqiqa ichida baribir pul kelsa — u qabul qilinadi va webhook keladi.

Ro'yxat

GET/api/v1/invoices?status=paid&customer_id=123&order_id=ord-1&limit=50&before=1042

Yangilari birinchi. Keyingi sahifa: javobdagi next_before ni before ga qo'ying (has_more: true bo'lsa).

Balans

GET/api/v1/balance
{ "ok": true, "kassa_id": "K7F3Q2", "balance": 1250400, "hold": 0, "currency": "UZS",
  "withdraw_fee_percent": 4.2, "min_withdraw": 30000,
  "totals": { "paid_count": 37, "received": 1960000, "withdrawn": 700000, "withdraw_fee": 29400, "sent_to_card": 670600 } }

Pul yechish kabinetda: karta raqami va summa yoziladi, 4.2% komissiya shu paytda ushlanadi, so'rov ko'pi bilan 24 soat ichida bajariladi va chek beriladi.

GET /api/v1/me — kassa ma'lumotlari, limitlar va so'rov kelgan IP (your_ip) — ulanishni tekshirish uchun qulay.

Webhook hodisalari

Kassada ko'rsatilgan manzilga POST (JSON) yuboriladi:

eventQachon
invoice.paidPul keldi va tasdiqlandi — mijozga xizmatni bering.
invoice.expiredMuddati o'tdi (ma'lumot uchun).
testKabinetdagi «Sinov xabari yuborish».
POST /minatopay/webhook
Content-Type: application/json
X-Minato-Event: invoice.paid
X-Minato-Timestamp: 1795858392
X-Minato-Signature: t=1795858392,v1=5f2c0b…e91a
X-Minato-Delivery: inv_8fK2mQ9xLp3vT7wZr1Ya-1

{
  "event": "invoice.paid",
  "kassa_id": "K7F3Q2",
  "invoice": {
    "id": "inv_8fK2mQ9xLp3vT7wZr1Ya", "number": 1042, "status": "paid",
    "amount": 50000, "pay_amount": 50100, "paid_amount": 50100,
    "customer": { "id": "123456789", "name": "Ali", "username": "ali_uz" },
    "reason": "UC 660 xaridi", "order_id": "ord-1001",
    "paid_at": "2026-11-28T09:33:12.000Z", "late": false, "...": "..."
  },
  "sent_at": "2026-11-28T09:33:12.000Z"
}

Imzoni tekshirish

v1 = HMAC-SHA256(webhook_kaliti, timestamp + "." + body), hex. Tanani (body) o'zgartirmasdan — xom matn sifatida oling. Vaqt farqi 5 daqiqadan oshsa rad eting.

const crypto = require("crypto");
// Express: tana xom holda kerak
app.post("/minatopay/webhook", express.raw({ type: "application/json" }), (req, res) => {
  const raw = req.body.toString("utf8");
  const m = /t=(\d+),v1=([a-f0-9]{64})/.exec(req.get("X-Minato-Signature") || "");
  if (!m || Math.abs(Date.now() / 1000 - Number(m[1])) > 300) return res.sendStatus(400);
  const sig = crypto.createHmac("sha256", process.env.MINATO_WHSEC)
    .update(m[1] + "." + raw).digest("hex");
  if (!crypto.timingSafeEqual(Buffer.from(sig), Buffer.from(m[2]))) return res.sendStatus(400);

  const ev = JSON.parse(raw);
  if (ev.event === "invoice.paid") {
    // invoice.id bo'yicha takrorni tekshiring, keyin mijoz balansiga qo'shing
    creditOnce(ev.invoice.id, ev.invoice.customer.id, ev.invoice.paid_amount);
  }
  res.sendStatus(200);
});

Qayta yuborish

Serveringiz 8 soniya ichida 2xx qaytarmasa, invoice.paid qayta yuboriladi: 30 s, 2 daq, 10 daq, 30 daq, 1 soat, 3, 6 va 12 soatdan keyin (jami 9 urinish). Boshqa hodisalar — 3 urinish. Yo'naltirishlar (3xx) kuzatilmaydi. Hammasi muvaffaqiyatsiz bo'lsa — Telegram'da xabar keladi; kabinetdagi to'lov oynasidan «Webhookni qayta yuborish» mumkin. Bir hodisa ikki marta kelishi mumkin — invoice.id bo'yicha takrorni tekshiring.

Noyob summa va muddat

Xato kodlari

Xato bo'lsa: { "ok": false, "error": "kod", "message": "tushuntirish" }

HTTPerrorMa'nosi
400bad_jsonTana JSON emas.
400bad_amountamount butun son emas yoki chegaradan tashqari.
400bad_customercustomer_id yo'q.
400bad_order_id, bad_return_url, bad_callback_urlMaydon noto'g'ri.
401bad_keyKalit yo'q yoki noto'g'ri.
403ip_not_allowedIP ro'yxatda yo'q (javobdagi ip ni kabinetga qo'shing).
403kassa_inactiveKassa to'xtatilgan.
404not_foundTo'lov topilmadi (yoki boshqa kassaniki).
409already_paidTo'langan to'lovni bekor qilib bo'lmaydi.
429rate_limited, too_many_open, daily_limit, blockedCheklovdan oshdi — keyinroq urinib ko'ring.
503busyBu summa uchun bo'sh noyob summa qolmadi — 1-2 daqiqadan keyin yoki boshqa summa bilan.
503unavailableTo'lov qabul qilish vaqtincha ishlamayapti.

Cheklovlar

Xavfsizlik bo'yicha maslahatlar

Savollar: https://t.me/dv1mm_garant